"Xayfa universiteti tadqiqotchilari Iso Masih aks ettirilgan qadimgi suratni topishdi. Bu rasm Naqb sahrosi markazidagi, deyarli vayronaga aylangan, YUNESKO muhofazasida bo‘lgan Vizantiya davriga oid cherkovlaridan birida aniqlangan", – deb xabar bergan "turon 24".
Laboratoriya tahlili bu rasm Iso Masihning eng qadimgi tasviri ekanligini tasdiqlagan.
Surat 350 yilda barpo etilgan qadimgi xristian cherkovining shiftidan topilgan.
Unga birinchi bo‘lib Xalqaro ilmiy-tadqiqot loyihasi ishtirokchisi, san’atshunoslik doktori Emma Maayan-Fanar e’tibor qaratgan.
"Kerak vaqt va kerak joyga turib qolganim uchun ham vayron bo‘lgan binoning shiftidagi relyeflar aslida surat ekanligini payqab qoldim. Olib borgan tekshiruvlarimiz natijasida bu tasvir Iso Masihning cho‘qintirilgan vaqtidagi rasmi ekanligiga shubha qolmadi”, – degan Maayan-Fanar.
Olim mazkur mozaika vaqt o‘tishi bilan nihoyatda xiralashib ketgani va shu bois payqalmay kelinganini qayd etgan.