Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev yanvar oyida Arman Sarukyanga qarshi jang qilishi mumkin.
Bu haqida jurnalist Manuk Akopyan xabar qilmoqda. “Menga Maxachev va Sarukyanning revansh jangi haqida xabar berishdi. Jang 18 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 311 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi”, — deb yozadi Akopyan.
Islom va Arman o‘rtasidagi dastlabki jang 2019 yilda bo‘lib o‘tgan va unda Maxachev hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Dog‘istonlik jangchi so‘nggi bor iyun oyida UFC 302 turnirida Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tarilgandi. Islom 5-raundda Poryeni bo‘g‘ish uslubida mag‘lub etgan edi.
Sarukyan esa aprel oyida Charlz Oliveyra ustidan ochkolari hisobiga g‘alaba qozongan edi.