Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Islom Maxachev qachon oktagonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

Islom Maxachev qachon oktagonga qaytishi ma’lum bo‘ldi

UFC chempioni Islom Maxachevning navbatdagi jangi 2026-yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda sportchining murabbiyi Xaver Mendes ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, aniq sana bevosita UFC rahbariyatining taklifiga bog‘liq:

“Dekabrdagi turnirdan boshlab barcha variantlarni ko‘rib chiqishimiz mumkin. Agar UFC dekabr oyini taklif qilsa va Islom bunga rozi bo‘lsa, jang o‘tkaziladi. Raqib borasida esa tanlab o‘tirmaymiz — Islom o‘ziga kimni berishsa, o‘shanga qarshi jangga chiqaveradi”, deydi Mendes.

Avvalroq Maxachev navbatdagi jangini Ramazon oyi kirib kelguniga qadar o‘tkazishni rejalashtirayotganini aytib o‘tgan edi.

Hozirda Maxachevga qarshi jangga asosiy nomzodlar sifatida braziliyalik Karlos Prates hamda ekvadorlik Maykl Morales tilga olinmoqda. Prates so‘nggi uchta jangida g‘alaba qozongan bo‘lib, shulardan ikkitasida sobiq chempionlar — Jek Della Maddalena va Leon Edvardsni nokautga uchratgan. Morales esa faoliyati davomida umuman yutqazmagan (19-0) va u Maxachevning oxirgi jangida rasmiy zaxira jangchisi sifatida ishtirok etgandi.

Ma’lumot uchun, Islom Maxachev o‘zining so‘nggi jangini 16-avgust kuni Filadelfiyada bo‘lib o‘tgan UFC 330 turnirida o‘tkazdi. Chempionlik jangida u irlandiyalik Yan Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi. Bu uning UFC dagi qatorasiga 17-g‘alabasi bo‘ldi. Bu tashkilot rekordi hisoblanadi.

Kiritildi: 14:54 03.09.2026. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!