Bugun 18 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Islam Maxachev Entoni Joshuani Dog‘istonga taklif qildi

Islam Maxachev Entoni Joshuani Dog‘istonga taklif qildi

Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachev Dubay shahrida boks bo‘yicha superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Entoni Joshua bilan uchrashib qoldi.

Britaniyalik Elfi Devisga qarshi jang oldidan yengil vazn toifasida PFL chempioni Usman Nurmagomedovning jamoasini qutlash uchun kiyinish xonasiga kirgan Joshua Islam bilan suhbat qurgan.

Dastlab Joshua Maxachevga o‘z telefonidagi qiziq narsani ko‘rsatgan, aftidan, UFC rasmiy kolleksiyasidagi futbolka bo‘lsa kerak. Keyin Maxachev britaniyalikka murojaat qilib, "Sen kelishing kerak, shunchaki futbolka [sotib olish] emas", degan.

Joshua bunga javoban hazillashib, unga Dog‘istonda ikki-uch yil kerak emasligini aytdi: "Faqat 2-3 haftaga, 2-3 yilga emas".

Kiritildi: 23:49 09.02.2026. O'qildi: 1357 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik