Ikki vaznda UFC chempioni bo‘lgan rossiyalik aralash yakkakurash ustasiga yana bir mas’uliyat yuklanmoqda.
Xalqaro sambo federasiyasi Vasiliy Shestakov bilan uchrashuvdan so‘ng UFC chempioni Islam Maxachev "Samboning dunyo bo‘ylab elchisi" bo‘ldi. Kecha "Lujniki"dagi Xalqaro sambo markazida bo‘lgan uchrashuvda bu rasman e’lon qilindi.
«Men allaqachon ancha vaqtdan beri samboning norasmiy elchisiman. Biz Fyodor Yemelyanenko va Xabib [Nurmagomedov] bilan birga ushbu sport turini namoyon qilib kelyapmiz va ko‘pchilik aynan biz sabab sambo bilan shug‘ullana boshladi. Hozir dunyoda sambo bo‘yicha juda ko‘p milliy federasiyalar bor. Biz odamlarga bu yakkakurash nima ekanini ko‘rsatishga harakat qilamiz. MMAdagi texnikamning katta qismi — sambodan olingan usullar. Rostini aytsam, men dunyodagi eng yaxshi MMA jangchilari — sambochilar deb aytgan bo‘lardim. U yerda hammasi bor — xuddi o‘sha zarbalar, ba’zi jihatlarda esa sambo hatto qattiqroq ham», deya munosabat bildirgan Maxachev.
Ma’lumot uchun, Islam yarim o‘rta vazn toifasida UFC'ning amaldagi chempioni hisoblanadi.