Engil vazn toifasida UFC amaldagi chempioni, rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Islam Maxachev o‘zi tug‘ilib o‘sgan Dog‘istonda elektr bilan bog‘liq muammolar borligini e’lon qildi.
"1912 yilda Titanikda oxirigacha chiroq bor edi, Maxachkalada esa 2024 yilda birozgina issiq, yomg‘ir yoki shamol bo‘lganida ham chiroq yo‘q bo‘lib qoladi", deb yozdi Maxachev.
Eslatib o‘tamiz, Islam Maxachev 2 iyun kuni UFC 302 turniri doirasida Dastin Porye bilan jang qilib, g‘alaba qozongan edi va o‘z kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan edi.