Bugun 8 noyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Ishtixon MIB: 223 million soliq qarzi uchun MAN yuk mashinasi xatlandi

Ishtixon MIB: 223 million soliq qarzi uchun MAN yuk mashinasi xatlandi

Majburiy ijro byurosining Ishtixon tuman bo‘limiga «SH.R.G» xususiy korxonasidan Samarqand viloyat soliq boshqarmasi foydasiga 223,3 million so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushdi.

Qarzdor tomonidan majburiyat o‘z vaqtida bajarilmaganligi sababli, davlat ijrochisi MAN rusumli yuk avtoulovi va tirkamasini faoliyat yuritilayotgan joyda aniqladi va jarima maydonchasiga joylashtirdi.

Agar qarzdorlik yaqin orada qoplanmasa, og‘ir yuk mashinasi elektron auksion orqali sotuvga qo‘yiladi – tushgan mablag‘ esa soliq qarzini to‘liq yopishga yo‘naltiriladi.

Soliq majburiyatlari – jiddiy masala. Vaqtida to‘lov – mulkni saqlab qolishning eng ishonchli yo‘li.

Kiritildi: 19:19 07.11.2025. O'qildi: 327 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!