Yurtimizda aholining huquqiy savodxonligini oshirish qaratilgan tadbirlarni olib borilishiga qaramasdan, salbiy holatlar uchramoqda.
Misol uchun, Buxoroda yashovchi fuqaro 4 yil oldin Farg‘onaga borib, og‘zaki kelishuvga ko‘ra o‘ziga tanish bo‘lgan fuqarodan Captiva rusumli avtomashina xarid qilib, o‘z nomiga rasmiylashtirmaydi. Tanishidan boshqarish uchun ishonchnoma olib, avtomashinani minib yuraveradi.
Bu orada, avtomashina sotgan kishining 112 mln. so‘m qarzdorligi bo‘yicha ijro hujjati Byuro organlari ish yurituviga kelib tushadi.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy ahvoli o‘rganilib, uning nomida bo‘lgan barcha mol-mulklarga taqiq qo‘yiladi.
Shuningdek, nomidagi avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, qidiruv harakatlariga kirishiladi.
Byuroning qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv harakatlari davomida qidiruvda bo‘lgan avtomashina Buxoro shahrida topilib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ijro harakatlari davomida taraflarga ijro hujjatining mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirilib, mavjud qarzdorlik bartaraf qilinmagan taqdirda, avtomashina sotilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.
Belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf qilinmagandan so‘ng, avtomashina baholanib, sotish uchun elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarildi.
O‘ylamay qilgan ish, moddiy zarar ko‘rishga sabab bo‘lishi mumkin.