Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Pora evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

A A A
Pora evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Koson tuman pedagogika kolleji sobiq bosh hisobchisi Z.S. fuqaro N.R.ga pedagogik kollejini tugatganligi haqida diplom olib berishi va uning singlisi R.X.ni bankka ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Chimboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar A.A., A.D. va Qoraqalpog‘iston Respublikasi perinatal markazi buxgalteriya kassiri G.D. fuqaro G.U.ni Nukus shahri perinatal markaziga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 15 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Tomdi tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan G‘.O. fuqaro J.B.ni 1 100 AQSh dollari evaziga Navoiy kon metallurgiya kombinatiga qarashli Zafarobod boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yishini aytib, shundan 500 AQSh dollari olgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:16 14.07.2023. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!