Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Ish paytida baxtsiz hodisaga uchragan xodimga qancha miqdorda kompensasiya to‘lanadi?

Ish paytida baxtsiz hodisaga uchragan xodimga qancha miqdorda kompensasiya to‘lanadi?

Fuqarolar orasida ish vaqtida baxtsiz hodisa tufayli jarohatlanish holatlari afsuski, uchrab turadi. Baxtsiz hodisa ba’zida nogironlik yoki o‘lim bilan ham yakun topadi. Shu sabab ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa va kasbga oid kasalliklarning oldini olish bugungi kundagi asosiy vazifalardan biridir.

Har bir tashkilotlarda xodimlar majburiy sug‘urta qilinganmi? Mehnat vazifalarini bajarish chog‘ida jabrlanganlar va jarohatlanganlarga tovon puli to‘lash qanday tartibda amalga oshiriladi?

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha davlat inspektori Nozima Sulaymonovaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, xodim sug‘urta qilingan bo‘lsa, (to‘lovlar) sug‘urta kompaniyalari orqali amalga oshiriladi. Agarda sug‘urta qilinmagan bo‘lsa, ish beruvchi, korxona mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Baxtsiz hodisani aniqlash uchun maxsus komissiya tuziladi. 15 kun ichida baxtsiz hodisa sabablari o‘rganiladi. Hujjatlar rasmiylashtirilgan holda komissiya a’zolari jarohat olgan yoki jabr ko‘rgan oilalarga tashrif buyuriladi, qonunchilik bo‘yicha imkoniyatlari va huquqlari tushuntiriladi. Hujjatlar tayyor bo‘lgach, bir oy muddatda barcha to‘lovlar amalga oshiriladi. Baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan xodimga bir martalik 6 yillik o‘rtacha ish haqi to‘lab berilishi kerak.

Qaramog‘ida farzandlari bo‘lsa, marhumning o‘rtacha oylik maoshi ularning soniga bo‘linadi hamda har bir farzandi 18 yoshga kirguncha to‘lab boriladi. Xodim baxtsiz hodisa tufayli jarohat olgan bo‘lsa, bir martalik to‘lov bir yillik o‘rtacha ish haqini tashkil etishi darkor. Shuningdek, sog‘ligi to‘la tiklagunga qadar to‘lovlar foizlarda amalga oshiriladi. Ya’ni, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik darajasi foizlarda TMEK tomonidan aniqlanadi. 30 yoki 40 foiz bo‘lsa, o‘rtacha maoshining shuncha miqdori sog‘lig‘i tiklangungacha yoki umrbod to‘lab boriladi.

Har bir jarohat olgan yoki vafot etgan xodimlar bevosita nazorat olib boriladi.

 

Kiritildi: 14:37 12.02.2021. O'qildi: 3721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!