Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Ish joyida toki urishidan vafot etgan xodimning oilasiga 126 million so‘m zarar undirildi

Ish joyida toki urishidan vafot etgan xodimning oilasiga 126 million so‘m zarar undirildi

Elektr toki urishi oqibatida vafot etgan xodimning oilasiga 126 million so‘m zarar puli undiriladigan bo‘ldi.

Qashqadaryolik F.Abdiyev 2023 yil 28 iyun kuni paxta titish korxonasida mehnat vazifalarini bajarayotgan vaqtda elektr toki urishi oqibatida vafot etgan. Biroq, vafotidan so‘ng uning oilasiga korxona tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilmagan.

Marhumning turmush o‘rtog‘i F.Usmonova korxona tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan bir martalik nafaqa hamda oyma-oy zarar to‘lovlarini undirishda amaliy yordam so‘rab, Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaati belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan. Sudning hal qiluv qaroriga asosan F.Usmonova foydasiga (o‘zi va voyaga yetmagan 2 nafar farzandi uchun) 126 million so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini undirish belgilandi.

Kiritildi: 11:56 09.01.2025. O'qildi: 697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!