Qizil yarim oy tashkiloti ijtimoiy media orqali Iroqning Nineviya viloyatida to‘yda sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan va yaralanganlar sonining 450 dan oshganini ma’lum qildi.
“Mosul sharqidagi Hamdaniya tumanidagi to‘yxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar soni 450 kishidan oshdi”, — deyiladi RIA Novosti xabarida.