Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining xabariga ko‘ra, 700 dan ortiq odam tibbiy yordam so‘rab shifoxonalarga murojaat qilgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor. Bo‘ron sababli ko‘rish masofasi atigi bir kilometrgacha. Bu holat Najaf va Basra kabi yirik aeroportlar faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Iroq meteorologiya xizmati bo‘ron Saudiya Arabistoni va Iroq janubi-g‘arbidan kirib kelganini ma’lum qildi. Eng ko‘p zarar mamlakatning janubiy va markaziy hududlariga yetgan.