Bugun Iroqda umummilliy aholini ro‘yxatga olish boshlanadi. Bu haqda 24.kz sayti yozgan.
U 27 yil ichida birinchi marta tashkil etilmoqda. Hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, davlatning barcha hududlarini qamrab olgan aholini ro‘yxatga olish raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.
Iroqda aholini ro‘yxatga olish o‘tkazlmaganligiga uzoq vaqtdan beri qurolli to‘qnashuvlar, siyosiy bo‘linishlar va koronavirus to‘sqinlik qilgan. Endi mamlakat rasmiylari bu jarayon muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonch bildirmoqda. Aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari 24 soat ichida e’lon qilinadi. Yakuniy natija esa 2-3 oydan keyin chiqadi.
Iroq rejalashtirish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxirigacha mamlakat aholisi 43 milliondan oshishi kerak.