Eron va Isroil o‘rtasidagi qarama-qarshilik tufayli Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishi neft narxining bir barrel uchun 200-300 dollargacha oshishiga olib kelishi mumkin.
Bu haqda Iroq tashqi ishlar vaziri, bosh vazir o‘rinbosari Fuad Husayn Germaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Yogan Vadeful bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida ma’lum qildi.
"Mintaqadagi mojaroning davom etishi va Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi jiddiy iqtisodiy zarbalarga olib kelishi mumkin. Harbiy amaliyotlar boshlangan taqdirda neft narxi bir barrel uchun 200-300 dollargacha ko‘tarilishi mumkin", - deya Husaynning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Iroq agentligi.