Bugun 20 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Iroq Suriyaga 2 mingga yaqin askarini qaytardi

Iroq Suriyaga 2 mingga yaqin askarini qaytardi

Iroq rasmiylari Bashar al-Assad rejimi qulashi arafasida mamlakatda boshpana topgan 1905 nafar suriyalik askar vataniga qaytarilganini e’lon qildi. Iroq Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiylarning qurollari vaqtincha Iroq rasmiylari qo‘lida qolgan va u tuzilganidan keyin Suriyaning yangi hukumatiga o‘tkaziladi.

Iroq axborot agentligi tomonidan e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, vataniga qaytarilganlar orasida al-Bukamal chegara punktida joylashgan ofiserlar va kichik ofiserlar ham bor. Harbiylar Suriyada ro‘y berayotgan tezkor voqealar tufayli 7 dekabr kuni Iroqdan boshpana so‘ragan.

«7 dekabr kuni suriyalik harbiy xizmatchilar, jumladan, al-Bukamal posti zobitlari, askarlari va chegarachilari Suriyadagi so‘nggi voqealar tufayli himoya so‘rab Iroqqa kirishdi», — deyiladi bayonotda.

Iroq harbiylari ularga rasmiy ruxsat olganidan keyin gumanitar sabablarga ko‘ra chegarani kesib o‘tishga ruxsat bergan.

Qariyb 25 yildan beri hokimiyatda bo‘lgan Bashar al-Assad rejimi 8 dekabr kuni muxolifat Damashqni nazoratga olganidan so‘ng quladi. Asadning o‘zi Rossiyadan boshpana olib, mamlakatni tark etgan.

Kiritildi: Bugun 04:40. O'qildi: 466 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!