Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Irlandiyalik basketbolchi qizlar isroillik raqiblari bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi

Irlandiyalik basketbolchi qizlar isroillik raqiblari bilan qo‘l berib ko‘rishishdan bosh tortdi

Basketbol bo‘yicha Irlandiya ayollar terma jamoasi 2025 yilda Latviya poytaxti Riga shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa chempionati saralash bahsi oldidan Isroil terma jamoasi a’zolari bilan qo‘l berib ko‘rishmaslikka qaror qildi, deb xabar beradi BBC.

Manbaga ko‘ra, Irlandiya jamoasi sportchilari o‘yin oldidan madhiyalar yangrayotgan paytda ham arenaga chiqmagan.

Shuningdek, 5 nafar irlandiyalik basketbolchi bahsda ishtirok etishdan butunlay bosh tortgan.

Qayd etilishicha, irlandiyaliklar o‘yindan avval tashkilotchilarni yuqoridagi holat bo‘yicha ogohlantirgan.

G‘azo sektoridagi voqealar tufayli Isroildan neytral maydonga ko‘chirilgan uchrashuv 87:57 hisobida Isroil foydasiga hal bo‘ldi

Kiritildi: 22:13 09.02.2024. O'qildi: 1179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!