Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Yangi qonun loyihasi ishg‘ol qilingan Falastin hududlaridan mahsulot olib kirishni taqiqlaydi.

Irlandiya hukumati Falastin hududlaridagi Isroil posyolkalaridan keltirilayotgan mahsulotlarga qarshi rasmiy iqtisodiy chora ko‘rishga tayyorlanmoqda. Bu haqda mamlakat vise-premyeri Saymon Xarres bayonot berdi. Uning ta’kidlashicha, tashabbus Isroilning “genosid xatti-harakatlari”ga qarshi yo‘naltirilgan va irland jamiyatining pozisiyasini aks ettiradi.

Mazkur tashabbus doirasida Irlandiya bojxona qonunchiligiga o‘zgartish kiritish ko‘zda tutilgan. Agar qonun qabul qilinsa, G‘arbiy Sohil va Sharqiy Quddusdagi Isroil tomonidan qurilgan posyolkalardan tovar olib kirish qonunbuzarlik sifatida baholanadi.

May oyida hukumat ushbu qonun loyihasini dastlabki ma’qullovdan o‘tkazgan. Endi uni Irlandiya parlamenti ko‘rib chiqishi kutilmoqda. Qonun qabul qilinsa, Irlandiya Yevropa Ittifoqida Isroil ishg‘olidagi hududlarga qarshi iqtisodiy chora ko‘rgan birinchi davlatga aylanadi.

Xarresning so‘zlariga ko‘ra, bu tashabbus boshqa Yevropa davlatlarini ham shunga o‘xshash choralar ko‘rishga undashi mumkin. “Har bir davlat o‘zda mavjud barcha vositalardan foydalanishi kerak”, – dedi u.

Irlandiyaning ushbu qat’iy pozisiyasi xalqaro maydonda Isroilning Falastindagi harakatlariga qarshi bosimni kuchaytirishi mumkin.

Kiritildi: 17:48 25.06.2025. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!