🌎Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi baholariga ko‘ra, JSTga a’zo bo‘lgandan keyin savdo xarajatlarining qisqarishi va buning natijasida yalpi ichki mahsulot hamda aholi farovonligining sezilarli darajada o‘sishini kutish mumkin bo‘ladi.
📝Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Xakimov Nyu-York shahrida BMT shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tgan brifingda bayon qildi.
▶️Markaz rahbari boshlangan islohotlar kursini davom ettirish muhimligini qayd etib o‘tarkan, bugungi kunda O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish tarafdoriligini yana bir bor tasdiqlagan holda savdo hamkorlarini diversifikasiya qilish ustida ishlayotganini ta’kidladi.
👔Aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan import bojlarini liberallashtirish izchil davom etayotganini alohida ta’kidlamoqchiman. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida ham islohotlar amalga oshirilmoqda, bu yo‘nalishda O‘zbekiston JST normalari va standartlariga moslashmoqda, shu jumladan, notarif savdo to‘siqlarini qayta ko‘rib chiqmoqda👔— dedi Obid Xakimov.
📊Obid Xakimov so‘zi yakunida 👔o‘tkazilgan o‘zgarishlar mamlakatning islohotlarga sodiqligidan dalolat beradi, olingan natijalar esa iqtisodiy rivojlanish uchun salohiyat yuqoriligini bildiradi👔— deya ta’kidladi.