Bugun 6 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Iqtisodiy qiyinchiliklar AQShda rekord darajadagi ishdan bo‘shatishlarga olib kelmoqda

Iqtisodiy qiyinchiliklar AQShda rekord darajadagi ishdan bo‘shatishlarga olib kelmoqda

2026 yil yanvar oyida AQSh kompaniyalarida 108 mingdan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi, bu 2009 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi.

Bu haqda Bloomberg agentligi Challenger, Gray and Christmas Inc bandlik firmasining hisobotiga tayanib xabar berdi.

"Ushbu ishdan bo‘shatish rejalarining aksariyati 2025 yil oxiriga kelib ishlab chiqilgan. Bu ish beruvchilarning 2026 yilga mo‘ljallangan istiqbolga nisbatan juda optimistik emasligidan dalolat beradi", dedi Challenger, Gray and Christmas Inc. kompaniyasining bosh daromad bo‘yicha direktori Endi Chellendjer agentlikka.

Raqamlar o‘tgan yilning yanvar oyidan beri 118% ga oshganligi qayd etilgan. Hisobotga ko‘ra, ommaviy ishdan bo‘shatishlar milliy iqtisodiy vaziyat, kompaniyalarning shartnomalardagi yo‘qotishlari va yirik AQSh korporasiyalarining qayta tashkil etilishi bilan bog‘liq.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 290 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!