Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o‘tkaziladi

A A A
“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o‘tkaziladi

“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati fani o‘qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-391-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 martdan boshlab musiqa madaniyati fani o‘qituvchilari uchun nazariya va amaliyot uyg‘unlashtirilgan holda malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 sentyabrdan boshlab:

— bolalar musiqa va san’at maktablarining belgilangan o‘quv dasturlarini to‘liq yakunlagan, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bo‘lganlarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida to‘garak rahbari sifatida ishlashi;
— madaniyat va san’at yo‘nalishidagi OTMlarida psixologiya va pedagogika fanlarini o‘rgangan musiqa yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda musiqa madaniyati fanini o‘qitishi mumkin.

2025/2026 o‘quv yiliga qadar musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab madaniyat yo‘nalishida kadrlar tayyorlaydigan OTMlarda psixologiya va pedagogika fanlarini o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2025 yil 1 apreldan boshlab:

— maktablarda “Iqtidor” badiiy havaskorlik jamoalari tashkil etiladi;
— jamoalar o‘rtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari xorijiy davlatlarga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Kiritildi: 01:11 17.11.2024. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!