Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Ipoteka kreditlarini ajratish tartibi takomillashtirildi

Ipoteka kreditlarini ajratish tartibi takomillashtirildi

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi tomonidan Aholiga ipoteka kreditlari ajratilishining hadli shartlari to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilindi.

Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, endi, ipoteka krediti ajratish rad etilgan taqdirda, bank ushbu qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida qarz oluvchiga rad etish sabablari aniq bayon etilgan yozma xabarnomani taqdim etishi shart.

Ilgari esa qarz oluvchiga faqat tushuntirishlarsiz qaror nusxasi yuborilar edi.

Endi, ipoteka krediti berish to‘g‘risida qaror qabul qilishdan avval qarz oluvchining mavjud qarz yukini hisoblash majburiy talab sifatida joriy etildi. Hisoblash Banklarga o‘rnatiladigan makroprudensial normativlar hamda ular tomonidan beriladigan kreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha to‘lovlarning eng yuqori qiymatlariga doir talablar to‘g‘risidagi nizom (22.04.2025 y. AV ro‘yxat raqami 3618-son) asosida amalga oshiriladi.

Bu o‘zgartish ilgari tavsiya etilgan yondashuvni rasmiylashtiradi. Unga ko‘ra, banklar kredit berishda qarz oluvchining byudjetiga bo‘lgan yukni inobatga olishi, ortiqcha muddatli kreditlash va moliyaviy bosimga yo‘l qo‘ymasligi lozim edi.

Agar ipoteka ob’ekti bank talablariga javob bersa, muassasa kredit summasi va garov qiymati o‘rtasidagi nisbatni hisoblashi shart. Bu ko‘rsatkich ipoteka krediti bo‘yicha individual parametrlarni belgilashda qo‘llaniladi va shuningdek 3618-sonli Nizom bilan tartibga solinadi.

Garov qiymati baholash xulosasi (baholash qiymati) yoki ko‘chmas mulkni xarid qilish-shartnomasida ko‘rsatilgan narx asosida amalga oshirilishi mumkin. Ilgari bunday hisob-kitob amalga oshirilgan bo‘lsa-da, garov qiymatini baholash usullari aniq normativ asosda mustahkamlanmagan edi.

Kiritildi: 19:17 23.07.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!