Bugun 18 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

iPhone endi yiliga ikki marta chiqadimi?

iPhone endi yiliga ikki marta chiqadimi?

Apple sakkiz yildan beri o‘zgarmay kelgan iPhone taqdimoti tizimini yangilashga qaror qildi. Bloomberg insayderi Mark Gurman bergan ma’lumotlarga ko‘ra, endi kompaniya iPhone’larni ikki bosqichda — kuzda va bahorda chiqaradi. Avvallari barcha asosiy modellarning taqdimoti sentyabr oyiga jamlangan bo‘lar edi. Yangi tizim esa iPhone ishlab chiqarish, marketing va ta’minot jarayonlarini yanada muvozanatli qilishi kutilmoqda.

Yangilangan jadvalga ko‘ra, 2026 yil sentyabr oyida iPhone 18 Pro, iPhone 18 Pro Max va Apple’ning ilk buklanuvchi smartfoni bo‘lishi kutilgan iPhone Fold taqdim etiladi. 2027 yil bahorida esa asosiy iPhone 18, byudjet segmenti uchun mo‘ljallangan iPhone 18e va ultra yumshoq korpusga ega bo‘lishi aytilayotgan iPhone Air 2 chiqariladi. Ilgariroq iPhone Air 2 bekor qilindi degan mish-mishlar tarqalgan edi, ammo aslida model yangi grafik tufayli keyingi yil bahoriga ko‘chirilgan xolos.

2027 yil iPhone tarixi uchun muhim sana — smartfon ishlab chiqarila boshlanganiga 20 yil to‘ladi. Shu sabab Apple mutlaqo yangi ko‘rinishdagi model ustida ishlayotgani aytilmoqda. Yubileyga mo‘ljallangan iPhone shisha egri korpus, ko‘rinmaydigan old kamera va minimalistik futuristik dizayn bilan taqdim etilishi mumkin.

iPhone endi yiliga ikki marta chiqadimi?

Yangi yarim yillik taqdimot tizimi Apple strategiyasining katta o‘zgarishlar bosqichiga o‘tayotganini ko‘rsatadi. Olti oyda bir marta yangi model chiqarilishi bozorni jonlantiradi, foydalanuvchilar uchun esa tanlov imkoniyatini oshiradi. Yubiley modelining dizayni esa iPhone tarixida navbatdagi yirik burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 20:25 17.11.2025. O'qildi: 315 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!