Hamkorlikda pillachilik sohasini rivojlantirish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning turlarini yanada kengaytirish, pillachilik tarmog‘i korxonalarining eksport va investisiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Mamlakatimizda ipak mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirishga e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida pilla xomashyosini yetishtirish, uni qayta ishlash hisobiga eksportbop ipak mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish hamda respublikamizning chekka hududlaridagi aholi, ayniqsa, ayollar bandligini ta’minlash imkoni kengaymoqda.
Uchrashuvda o‘zbek ipak va jun mahsulotlarini Yaponiyaga eksport qilish, shuningdek, soha mutaxassislarini Yaponiyaga malaka oshirishga yuborish, u yerdagi ipakchilik tarixini o‘rganish hamda ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.