Bugun 28 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimiy Samarqand shahrining ulug‘vor tarixiy obidalari bilan tanishdi.

Davlat rahbarlari avval Shohi Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Bu yerda Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning sahobalaridan biri Qusam ibn Abbos va boshqa arboblarning maqbaralaridan tashkil topgan. Majmuaning tarixiy, madaniy va badiiy ahamiyati shundaki, u me’morchilik va bezak san’atining bir necha asr davomidagi taraqqiyotini aks ettiradi. Shohi Zinda 2001 yilda YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Rasman Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qizi Fotima va kuyovi Ali ibn Abu Tolibning avlodlari hisoblangan Hoshimiylar sulolasi vakili bo‘lgan Iordaniya Podshohi Qusam ibn Abbos xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Qur’on tilovat qilindi.

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Amir Temur maqbarasi ziyorati chog‘ida Iordaniya delegasiyasiga buyuk bobomizning davlatchilik siyosati, harbiy mahorati, turli mamlakatlar bilan diplomatik aloqalari haqida so‘zlab berildi. Sohibqiron hayoti va faoliyati, uning davlati o‘z davrining eng ulkan mamlakati bo‘lgani mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Iordaniya Podshohi Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi

Davlat rahbarlari Mirzo Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat Registon majmuasini ham ziyorat qildilar. Asrlar davomida bu obidalar ilm-fan markazi bo‘lgan, yuzlab olim va tadqiqotchilarni yetishtirgan. O‘zining mukammal joylashuvi va uyg‘unligi tufayli Registon haqli ravishda Samarqandning "tashrif qog‘ozi" hisoblanadi.

Tanishuv chog‘ida oliy martabali mehmonga ushbu inshootlarning bunyod etilish tarixi va naqshlarining o‘ziga xos jihatlari, maydonda olib borilgan restavrasiya ishlari haqida ma’lumot berildi.

Kiritildi: 21:11 25.08.2025. O'qildi: 704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!