Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Interpol kanallari orqali odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol BAAdan O‘zbekistonga deportasiya qilindi

Interpol kanallari orqali odam savdosi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayol BAAdan O‘zbekistonga deportasiya qilindi

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchining deportasiya masalasi hal qilindi.

Hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlar hamda o‘zaro axborot almashinuvi, ikki davlat Interpol MMBlari rahbarlarining qidiruvni faollashtirish bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasidagi muzokaralari tufayli odam savdosi bilan shug‘ullanib kelgan va xalqaro qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi ayolning deportasiyasi amalga oshirildi.

Aniqlanishicha, u onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yo‘llar bilan fohishalik bilan shug‘ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo‘natish bo‘yicha uyushgan jinoiy guruh tuzishgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topishgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish va’da qilingan, biroq Dubayga yetib kelgandan so‘ng ularning pasportini olib qo‘yishar va fohishalik bilan shug‘ullanishga jo‘natishardi.

Shu tariqa, Inerpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari o‘rtasida o‘tkazilgan kelishilgan harakatlar va kelishuv natijasida jinoyatchi hibsga olingandan so‘ng O‘zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportasiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Kiritildi: 04:58 18.03.2023. O'qildi: 1843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!