Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Interpol Eronning Trampni qo‘lga olish talabini rad etdi

Interpol Eronning Trampni qo‘lga olish talabini rad etdi

Interpol Eron sud hokimiyatining Islom inqilobi muhofizlari korpusi generali Qosim Sulaymoniyning o‘limi uchun AQSh prezidenti Donald Trampning xalqaro qidiruvga berish talabini bajara olmasligini ma’lum qildi.  

Ta’kidlanishicha, Interpolning ichki qoidalari Eronning talabini qanoatlantirishga imkon bermaydi, chunki tashkilotda “siyosiy, harbiy, diniy va irqiy ko‘rinishdagi biror-bir aralashuv yoki harakatni amalga oshirish” taqiqlangan. Shu sababli Interpolda Tehronning murojaatini ko‘rib chiqish rad etilgan.

Avvalroq Eron sud hokimiyati Sulaymoniyning o‘limi uchun Trampni xalqaro qidiruvga berish talabi bilan Interpolga murojaat qilgan. Ta’kidlanishicha, Tehron generalni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etgan va bu masala bilan shug‘ullangan 36 kishini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan.   

Qosim Sulaymoniy 2020 yilning 3 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda AQSh harbiylari o‘tkazgan operasiya natijasida o‘ldirilgandi.

Pentagonda Sulaymoniyni o‘ldirishni shaxsan prezident Tramp buyurgani aytilgan. AQShda general Bag‘doddagi xalqaro koalisiya bazasiga va AQSh elchixonasiga hujumlarga aloqador deb hisoblangan.

Kiritildi: 09:20 30.06.2020. O'qildi: 2028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!