Bugun 12 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Internet tezligini oshirish usullari ma’lum qilindi

A A A
Internet tezligini oshirish usullari ma’lum qilindi

Britaniyaning Virgin Media kompaniyasi mutaxassislari uy sharoitida internet tezligini oshirish usullarini ma’lum qilishdi. Bu haqda RIA Novosti The Sun nashriga tayanib xabar qilmoqda.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, internet brauzer keshini muntazam ravishda tozalab turish bilan internet tezligini oshirish mumkin. Shuningdek, brauzer imkoni boricha yangilanib turilishi lozim.

Ekspertlar internet tezligiga virusga qarshi dasturiy ta’minot (PO) ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashdi. Faqat sifatli virusga qarshi dasturiy ta’minotni tanlab olish kerak bo‘ladi.

Yana bir usul bu fon tartibida ishlayotgan ilovalar xizmatini to‘xtatib qo‘yish. Chunki ularning ishlab turishi internet tezligi susayishining omillaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, internet tarqatuvchi qurulma router o‘rnatilgan joyga e’tibor qaratish darkor. Internet tezligini oshirish uchun Wi-Fi routerni iloji boricha balandroqqa o‘rnatish lozim. Ana o‘shanda signal butun xonani qamray oladi.

Muxaxassislar routerni deraza oldiga o‘rnatmaslik kerakligi haqida ogohlantirishdi. Router deraza oldiga o‘rnatilsa, uning xona ichidagi signali past bo‘lishi mumkin. Shuningdek, parol o‘rnatishni unutmaslik lozim, chunki internetingizdan suvtekinga foylananayotgan tufayli o‘zining jabr ko‘rishingiz mumkin.

Xonada router signallarini to‘sib qo‘yuvchi qalin devor yoki ayrim turdagi izolyasiya borligini inobatga olib, shunga o‘xshash joylarda router o‘rnatmaslikka harakat qilish lozim.

Kiritildi: 16:19 08.04.2019. O'qildi: 6116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!