Milanning "Inter" klubi forvardi Mehdi Taremi transfer bozorida xaridorgir. Bu haqda Sky Sport Italia jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, eronlik hujumchida Angliyada ikkita variant bor. 32 yoshli futbolchiga "Fulxem" va "Nottingem Forest" klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Istanbulning "Beshiktosh" klubi ham futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Italiya chempionatining o‘tgan mavsumida Taremi 26 ta o‘yinda ishtirok etgan. Hujumchi bitta gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.