Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

"Inter Mayami" Messi maydonga tushmagan AQSh Ochiq Kubogi finalida "Xyuston"ga yutqazdi

"Inter Mayami" Messi maydonga tushmagan AQSh Ochiq Kubogi finalida "Xyuston"ga yutqazdi

Messisiz "Inter Mayami" AQSh Ochiq Kubogi finalida "Xyuston Dinamo"ga mag‘lub bo‘ldi.

Argentina terma jamoasining 36 yoshli hujumchisi Lionel Messi jarohati tufayli ushbu o‘yinni o‘tkazib yubordi.

AQSh ochiq kubogi har yili o‘tkaziladi. Turnirda AQSh futbol federasiyasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan barcha professional va havaskor jamoalar qatnashishi mumkin.

Turnir g‘olibi KONKAKAF Chempionlar Kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi (2023 yilgacha bu turnir Chempionlar ligasi deb atalar edi). Messining klubi avvalroq Chempionlar kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Inter Mayami – Xyuston Dinamo 1:2 (0:2, 1:0)
28 sentyabr, 05.30, «DRV PNK Stadium»
Gollar: 0:1 – 24 Dorsi, 0:2 – 33, penalti Bassi, 1:2 – 90 Martines.
Inter Mayami – Kellender, Yedlin (Ruis, 76), Krivsov, Miller, Allen, Buskets, Gomes (Arroyo, 46), Kremaski (Stefanelli, 84), Teylor (Martines, 46), Farias, Kampana.
Xyuston Dinamo – Tarbell, Svyatchenko, dos Santos Silva, Eskobar, Errera, Karraskilya (Xadebe, 90), Bassi (Kaysedo, 84), Artur, Dorsi, Berd (Ibrahim, 84), Quiñones (Smit, 79).
Ogohlantirishlar: Eskobar (12), Krivsov (16), Allen (19), Yedlin (32).

Kiritildi: 09:28 28.09.2023. O'qildi: 1585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!