Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Intellektual mulk huquqini buzganlik uchun qanday javobgarlik turlari bor?

Intellektual mulk huquqini buzganlik uchun qanday javobgarlik turlari bor?

Intellektual mulk huquqni buzganlik uchun javobgarlikning turlari va asosiy tamoyillari haqida gap ketganda, mamlakatimizda intellektual mulkni muhofaza qilish sohasidagi ishlarning hozirgi holatini tavsiflovchi bir qator o‘ziga xos jihatlarga e’tibor qaratish joiz.

Ko‘p hollarda ijodiy mehnat natijasi sifatida mualliflik huquqi ob’ekti huquq egasiga foyda keltirmaydi, chunki davlat idoralari tomonidan qonuniy himoya qilinmaydi. Sanoat mulki ob’ekti (ixtiro, foydali model, tovar belgisi) bilan esa vaziyat osonroq. Intellektual mulk ob’ektiga bir yoki bir necha ega bo‘lishi mumkin, ammo ular qonuniy nuqtai nazardan himoyalanmagan bo‘lsa, huquqi mualliflikni o‘zlashtira oladigan fuqaro qo‘lida buzilishi mumkin.

Hech kimga sir emas, mahalliy intellektual mahsulot xorijda ham faol ishlatilishi mumkin va yoki aksincha. Ko‘pincha intellektual huquq buzilishi o‘g‘irlangan (tegishli lisenziyasiz ishlab chiqarilgan tovar yoki kantrafakt) mahsulot shaklida namoyon bo‘ladi. Qaroqchilik, ayniqsa, dasturiy ta’minot sohasi (kompyuter o‘yinlari, ilovalar, Internet resurslari, musiqa, kino va hokazo)da keng tarqalgan.

Huquqni himoya qilish jarayonida ko‘pincha yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor mulkiy javobgarlikka tortiladi. Ba’zan, ular o‘z eksklyuziv huquqini himoya qilish vositasiga murojaat qilishadi.

Intellektual mulk huquqini buzganlik uchun, agar fuqaro birinchi navbatda mol-mulk egasi bo‘lsa va ikkinchidan, huquq buzilishi mulkiy holatni salbiylashtirsa, javobgarlik fuqarolik xususiyatini namoyon etadi. Jazo shakli zararni qoplash (yoki kompensasiya to‘lash) va jarima to‘lash, ya’ni pul summasi ko‘rinishida belgilanishi mumkin.

Shuningdek, qonun intellektual mulk ob’ektiga mutlaq huquqni buzadigan yuridik shaxsni tugatish jazosini ham nazarda tutishi mumkin.

Intellektual mulk huquqini buzganlik uchun uch xil – fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlik turlari mavjud.

Fuqarolik-huquqiy javobgarlik choralari va javobgarligini tor ma’noda himoya qilish uchun fuqarolik huquqi himoyasining an’anaviy usullari mavjud. Har ikki toifadagi himoya choralari qator muhim xususiyatlardan iborat. Avvalo, ta’kidlash lozim, himoya va fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi xavfsizlik munosabatining turli bosqichida qo‘llanishi, turli funksiyani bajarishi mumkin.

Fuqarolik-huquqiy sanksiya buzilgan fuqarolik huquqini qoplash va tiklashga yordam beradi, lekin jamoat qonunchiligida odatiy jazolash xususiyatiga ega emas. Maqsad jabrlanuvchining huquqbuzarlikdan oldingi dastlabki holatini tiklash, shuningdek unga yetkazilgan mulkiy va ma’naviy zararni qoplashdir.

Fuqarolik javobgarligiga xos muhim jihatlardan biri shundaki, nomoddiy manfaat yoki shaxsiy nomulkiy huquqni to‘g‘ri himoya qilishga imkon beradi va ko‘pincha yetkazilgan ma’naviy zarar uchun tovon to‘lash orqali himoya qilinishidir.

Intellektual mulk huquqini buzganlik uchun fuqarolik javobgarlikning kompensasiya va tiklash funksiyasi jabrlanuvchi mol-mulkini huquqbuzar hisobidan tiklash uchun mo‘ljallangan usullaridan biri hisoblanadi. Oxirgi ish fuqarolik javobgarligi doirasida amalga oshiriladigan jazo funksiyasiga xos. Bundan tashqari fuqarolik javobgarligi huquqbuzarga nisbatan salbiy mulkiy oqibatga bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa ikki vazifani bajaradi:

Preventiv – huquqbuzarni tarbiyalash orqali kelajakda fuqarolik huquqbuzarliklarining oldi olinadi;

Ogohlantiruvchi – huquqbuzarni to‘g‘ri qonuniy hatti-harakatga undaydi.

Fuqarolik huquqiy javobgarlikning umumiy chora-tadbirlari ro‘yxati intellektual huquq bo‘yicha fuqarolik huquqiy munosabat sohasiga taalluqli ayrim maxsus chora-tadbirlar bilan to‘ldirilishi kerak. Xususan, mutlaq huquqni buzganlik uchun tovon to‘lash, intellektual faoliyat natijasi yoki individualizasiya vositasi yoxud shunday huquqni buzish xavfini keltirib chiqaradigan mutlaq huquqni buzadigan harakatning oldini olish, soxta moddiy vositani olib tashlash va yo‘q qilish kabi chora-tadbirlar belgilanishi lozim.

Barchasi huquqbuzar hisobidan amalga oshiriladigan ushbu harakatlarning fuqarolik javobgarligi chorasiga aloqadorligi ayon. Binobarin, fuqarolik kodeksida “javobgarlik chorasi” atamasi faqat zararni qoplash va kompensasiya to‘lash uchun qo‘llanadi va boshqa harakatlar intellektual huquqni himoya qilishning muayyan usullari bo‘yicha ko‘rsatma bermaydi. Ushbu shartlardan kelib chiqqan holda, ayrim chora-tadbirlar noaniq huquqiy xususiyatga ega bo‘lib, tor ma’noda himoya va fuqarolik javobgarligi chorasi sifatida ko‘rilishi mumkin.

Kiritildi: 03:53 09.03.2024. O'qildi: 1974 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!