Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Insoniyat yaqin 25 yilda suv va oziq-ovqat tanqisligiga duch keladi

Insoniyat yaqin 25 yilda suv va oziq-ovqat tanqisligiga duch keladi

Kelgusi 25 yil ichida butun dunyo suv inqirozining kuchayishi tufayli oziq-ovqat ishlab chiqarishda muammolarga duch keladi. Bu haqda Suv resurslari iqtisodiyoti bo‘yicha xalqaro komissiya ma’lum qildi.

Er yuzi aholisining yarmida suv tanqisligi allaqachon boshlangan va bu raqam iqlim inqirozi kuchayishi bilan ortib boradi. Komissiyaning ta’kidlashicha, 2030 yilgacha chuchuk suvga bo‘lgan talab taklifdan ancha yuqori bo‘ladi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, davlatlar va mutaxassislar bir kishiga bir kunda zarur bo‘ladigan suv miqdorini to‘g‘ri baholay olmayapti: salomatlik va gigiyenani saqlash uchun kuniga 50-100 litr suv talab etilsa, munosib hayot kechirish, shu jumladan, ovqatlanish uchun taxminan 4000 litr suv kerak bo‘ladi. Aksariyat hududlarda bunday miqdordagi suvni topish imkonsiz.

Suv resurslari iqtisodiyoti bo‘yicha xalqaro komissiya suv resurslarining holati haqida tasavvur hosil qilish maqsadida 2022 yilda Niderlandiya tomonidan tashkil etilgandi. Uning hisoboti suv inqirozi bo‘yicha eng keng qamrovli tadqiqot hisoblanadi.

Kiritildi: 23:40 18.10.2024. O'qildi: 756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!