Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Insoniyat uchun isnod: Falastinlik ayollar qiynoqqa solinmoqda – HAMAS G‘arbni ikkiyuzlamachilikda aybladi!

Insoniyat uchun isnod: Falastinlik ayollar qiynoqqa solinmoqda – HAMAS G‘arbni ikkiyuzlamachilikda aybladi!

G‘azoda 12 ming ayolning o‘ldirilishi "insoniyat uchun isnod" — HAMAS.

HAMAS G‘azo hukumatining Isroil urushi natijasida halok bo‘lgan ayollar soni haqidagi ma’lumotiga munosabat bildirdi.

"G‘azoda 12 ming ayolning o‘ldirilishi, minglab ayollarning jarohatlanishi va qamoqqa olinishi, yuz minglab ayollarning majburan ko‘chirilishi insoniyat uchun isnoddir," deya ta’kidladi tashkilot.

"Falastinlik mahbus ayollar barcha xalqaro qonun-qoidalar va konvensiyalar qo‘pol ravishda buzilgan holda ruhiy va jismoniy qiynoqlarga duchor etilmoqda."

HAMAS yana shuni qo‘shimcha qildiki, falastinlik mahbus ayollar boshidan kechirgan azob-uqubatlar G‘arb mamlakatlari, jumladan AQShning falastinliklarga nisbatan qo‘llayotgan "ikki yuzlamachi siyosati"ni fosh etgan.

Kiritildi: 20:48 08.03.2025. O'qildi: 1214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!