So‘nggi ikki asr mobaynida insoniyat 7000 ga yaqin to‘g‘on barpo etdi va shu bilan birga suv omborlarida shunchalik ko‘p suv to‘pladiki, bu Yer qutblarini taxminan bir metrga siljitishga olib keldi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, natijalar inson faoliyatining sayyoraga ta’sir etishining yana bir usulini namoyon etmoqda. Qutblarning siljishi katta bo‘lmasa-da, u olimlarga iqlim o‘zgarishi tufayli yirik muzliklar va muz qalqonlari erib ketganda qutblarning qanday harakatlanishini tushunishga yordam beradi.
Bundan oldin geologlar inson faoliyati tufayli Yer mantiyasining deformasiyaga uchrashi mumkinligini (Orol dengizining qurishi misolida) aniqlashgandi, garchi ilgari bu ehtimoldan yiroq deb hisoblangan bo‘lsa ham.