Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

INSON ORGANIZMI 24 SOAT MOBAYNIDA...

INSON ORGANIZMI 24 SOAT MOBAYNIDA...

 

🕐 Tungi soat 1: ayni shu vaqtda inson shirin uyquda bo‘lsada, organizmi har qanday kasalliklarni seza oladi. Bo‘lar-bo‘lmas tovushga ham uyg‘onish mumkin.

🕑 Tungi 2 da: jigardan boshqa tananing barcha qismlari passiv holatda bo‘ladi. Jigar ayni shu damda organizmdagi zaharlarni o‘ldiradi.

🕒 Tungi 3 da: tana to‘lig‘i bilan sekin ishlay boshlaydi. Bu vaqtda insonning qon bosimi eng quyi bosqichda bo‘ladi. Nafas olish va qon tomirlari juda sekin ishlaydi.

🕓 Tungi 4 da: quloqning eshitishi yaxshi ishlab, salgina ovoz eshitilsa ham odam darrov uyqudan uyg‘onadi. Statistikaga ko‘ra bemorlarning ko‘pi shu vaqtda ko‘z yumar ekan.

🕔 Tonggi soat 5 da: buyraklar bir qolipda ishlab, shu mahalda turganlar kun bo‘yi tetik yura oladi. Odamlarning ko‘pchiligi tongi 5 da umuman tush ko‘rmaydi.

🕕 Tonggi 6 da: qon bosimi ko‘tarilib, yurak urishi tezlashadi. Agar inson o‘zi uxlab yotsa ham, uning badani uyg‘oq bo‘ladi.

🕗 Tonggi 7 da: soat organizm viruslar bilan bakteriyalardan tozalandi.

🕗 Tonggi 8 da: tana dam olib, jigar har qanday zaharli moddalardan tozalanib, dam oladi. Bu vaqtda spirtli ichimlik ichilganda boshqa vaqtdagiga nisbatan jigarga katta ziyon yetadi.

🕘 Soat 9 da: inson ruhiy jihatdan faol bo‘lib, kasalni sezmay qoladi. Yurak shu daqiqalarda yaxshi ishlaydi.

🕙 Soat 10 da: odam soat o‘ndan tushgacha har qanday og‘ir ishni bajara oladi. Sababi organizm kuchga to‘lgan bo‘ladi. 

🕚 Soat 11 da: yurakning urishi sekinlab, bir qolipga tusha boshlaydi. Og‘ir ishlarni qilishda hammadan ham muskullarga, miyaga kuch keladi.

🕛 Soat 12 da: qorinni o‘ta to‘yg‘azib olish yaramaydi. Sababi bu vaqtda barcha organizm harakatda bo‘lib, oshqozonga qattiq kuch keladi.

🕐 Soat 13 da: Jigar “dam olish”ga chiqib, qon aylanishi kuchayadi. Qanchalik harakat qilsangiz ham organizm dam olishni xohlab, sizni irodangizni yengadi.

🕑 Soat 14 da: badiiy qilib aytganda bu vaqtda inson organizmi to‘la dam olib, sizga umuman bo‘ysunmaydi. Yurak urishi boshqa vaqtdagidan pastlashadi.

🕒 Soat 15 da: barcha organlar uyg‘onib, ovaqtga ishtaha paydo bo‘ladi. Qanday ovqat yeyishdan qit’iy nazar, oshqozonda yaxshi hazm bo‘lib, semirtirmaydi.

🕓 Soat 16 da: qondagi qand miqdori oshadi. Bu vaqtda shirilik iste’mol qilishdan voz kechganingiz ma’qul.

🕔 Soat 17 da: energiyangiz oshib-toshmasa ham, organizmning o‘zi qora ishga yaroqli bo‘ladi. Aksariyat sportchilar soat 5dan 7gacha mashq qiladi.

🕕 Soat 18 da: hech qanday ish bo‘lmasa-da, organizm harakatda bo‘lishni xohlaydi. Ruhiy faollik shu daqiqadan boshlab pasaya boshlaydi.

🕖 Soat 19 da: qon bosimi ko‘tarilib, inson ruhiyati barqaror holatda bo‘lgani bilan asab zo‘riqib turadi. Bosh og‘riqlari borlar uchun qiyin vaqt.

🕗 Soat 20 da: barcha narsa harakatda bo‘ladi. Ayniqsa haydovchilar uchun qulay vaqt. Inson organizmi tezlikni xohlab qoladi.

🕘 Soat 21da: insonning ruhiy holati joyiga qaytadi. Shu vaqtda studentlarga yoki aktyorlarga tekst yodlash uchun qulay vaqt hisoblanadi.

🕙 Soat 22 da: tana harorati pasayadi, yurak urishi sekinlashib, organizm tinchlikni xohlab qoladi.

🕚 Soat 23 da: tana dam olishga hozirlanib, harakatni yoqtirmaydi. Miya ma’lumotlarni yomon qabul qilgani sababli kitob yoki gazeta o‘qish tavsiya qilinmaydi.

🕛 Soat 24 da: kunning oxirgi soati tush ko‘rishga qulay vaqt. Birgina tana emas, insonning miyasi ham bir kunlik xulosani chiqarib, o‘ziga kerakli narsalarni ilg‘ab oladi.

 

Kiritildi: 16:08 02.09.2020. O'qildi: 4344 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!