Ingushetiyada Qorabuloq shahri polisiyasining sobiq boshlig‘iga suiqasd uyushtirildi.
Hujum 15 fevral kuni kechqurun viloyatning Sunjen tumanida sodir bo‘ldi. O‘sha paytda Ilez Nalgiyev qo‘riqchisi bilan o‘z mashinasi tomon yo‘l olayotgan edi.
U yaqin atrofda to‘xtab turgan "Lada" yonidan o‘tayotganida, mashinadan niqob taqqan noma’lum shaxs tushdi - uning qo‘lida ovoz so‘ndirgichli to‘pponcha bor edi. Nalgiyevni o‘limdan mo‘’jiza asrab qoldi: qotilning qurol zatvori tiqilib qoldi. Muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng qotil "Lada"ga o‘tirdi, u yerda uni sheriklari kutib turishgan edi - keyinchalik ular mashinani yoqib yuborishdi.
Nalgiyev jarohat oldi, hozirda u shifoxonada davolanmoqda. Huquq-tartibot organlari jinoyatchilarni qidirmoqda.