Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Infantino JCH-2026 finali oldidan Oq uyga murojaat qildi

Infantino JCH-2026 finali oldidan Oq uyga murojaat qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi jahon chempionati finali oldidan AQSh ma’muriyatiga murojaat yo‘lladi.

"Sizning ma’muriyatingiz — Oq uyning barcha xodimlari, shahar va shtatlar vakillari — xavfsiz va quvonchli muhit yaratilishini ta’minlab berishdi. Buning sharofati bilan dunyo hali hech qachon ko‘rmagan voqelikka guvoh bo‘ldi. Bu shunchaki tarixdagi eng yirik jahon chempionati emas, balki insoniyat guvoh bo‘lgan eng buyuk ijtimoiy va madaniy voqeadir", — deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi "Sky News".

Jahon chempionatining bosh sovrini uchun kechadigan bahs 20 iyul kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi. Unda Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20 iyulga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 14:18 18.07.2026. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!