Indoneziyaning yangi poytaxti Nusantaraning qurilishi 10-15 yil ichida yakunlanadi.
Bu haqda Indoneziya prezidenti Joko Vidodo ma’lum qildi.
"Yangi poytaxt qurilishi hali ko‘p vaqtni talab qiladi. Loyiha 2021-2022 yillarda boshlangan va taxminan 10-15 yil ichida yakunlanadi", - deya uning so‘zlarini keltiradi Antara agentligi.
Prezident hozirda Nusantara qurilishi atigi 20 foizga yakunlanganini ta’kidladi.
Vidodo 2019 yilda Indoneziya poytaxtini Jakartadan ko‘chirish g‘oyasini ilgari surdi. Dastlab metropol Kalimantan orolida 2024 yilgacha paydo bo‘lishi rejalashtirilgan edi. Bu maqsadlar uchun qariyb 32 milliard dollar ajratildi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli loyiha to‘xtatildi.