Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Indoneziyada ko‘chki qurbonlari soni 23 kishiga yetdi

Indoneziyada ko‘chki qurbonlari soni 23 kishiga yetdi

Indoneziyaning Sulavesi orolidagi oltin konida sodir bo‘lgan ko‘chki qurbonlari soni 23 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Qidiruv va qutqaruv agentligi vakili Edi Prakoso Antara News nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bedarak yo‘qolgan 35 kishini qidirish davom etmoqda.

Indoneziyaning Sulavesi orolida 8 iyul kuni kuchli yomg‘ir ko‘chkiga sabab bo‘lib, Bone Bolango hududida noqonuniy faoliyat yurituvchi oltin qazib olish korxonasida o‘nlab odamlarni ko‘mib tashladi.

Qidiruv va qutqaruv ishlariga 200 dan ortiq polisiya va harbiy xizmatchilar jalb etilgan.

Kiritildi: 16:12 10.07.2024. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!