Indoneziyaning Markaziy Yava viloyatida avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasida kamida 16 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab yo‘lovchilar jarohat oldi.
Hodisa Dushanbe kechasi Semarang shahri yaqinidagi pulli trassada yuz bergan. Rasmiylarga ko‘ra, Jakartadan Yogyakartaga yo‘l olgan avtobus haydovchisi Krapyak pulli uchastkasi yaqinida boshqaruvni yo‘qotgan. Natijada transport vositasi beton to‘siqqa urilib, yon tomoniga ag‘darilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari koordinatori Budyono ma’lum qilishicha, 34 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus burilishli yo‘lda ag‘darilib ketgan, ayrim yo‘lovchilar avtobus kuzovi bilan to‘siq orasida qisilib qolgan.
Oqibatda 6 kishi voqea joyida, yana 10 nafar esa shifoxonaga yetkazilayotgan paytda yoki tez yordam bo‘limida vafot etgan. Jarohat olgan 18 kishi ikki yaqin shifoxonaga yotqizilgan, ulardan 5 nafari ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.