Indoneziya sohillari yaqinida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati (USGS) xabar berdi.
Er osti silkinishlari Sulavesi orolidagi 200 ming aholi yashovchi Gorontalo shahridan 109 km g‘arbda qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 144,6 km chuqurlikda joylashgan.