Bugun 17 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Indoneziya fond bozori 11,6 foizga qulab tushdi — Bloomberg

Indoneziya fond bozori 11,6 foizga qulab tushdi — Bloomberg

16 oktyabr kuni Indoneziyaning Jakarta Composite asosiy fond indeksi 11,57 foizga pasayib, 5185,1 punktni tashkil etdi. Bu 1998 yil yanvaridan beri bir kun ichida qayd etilgan eng yirik pasayish bo‘ldi. Keskin tushish sababli birjadagi savdolar 30 daqiqaga to‘xtatildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Bozordagi ommaviy sotuvlarga MSCI indeks provayderining Indoneziya fond bozori maqomini pasaytirish ehtimoli haqidagi ogohlantirishi sabab bo‘lgan.

MSCI Indoneziyani rivojlanayotgan bozorlar toifasidan mustaqil bozorlar (standalone) toifasiga o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bunga aksiyalarga egalik qilish tuzilmasining shaffof emasligi, muvofiqlashtirilgan savdolarga oid shubhalar va tartibga soluvchi organlar nazoratining yetarli emasligi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Yakuniy qaror 2027 yil iyun oyida qabul qilinishi kutilmoqda. Mirae Asset Sekuritas Indonesia baholashiga ko‘ra, bozor maqomining pasaytirilishi taxminan 3 milliard dollarlik passiv investisiyalar chiqib ketishiga olib kelishi mumkin.

Indoneziya fond birjasi esa MSCI kompaniyasidan vaziyat yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish berishni so‘rashni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 22:25 16.10.2026. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!