Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Indoneziya BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘ldi

Indoneziya BRIKSga to‘laqonli a’zo bo‘ldi

Indoneziya BRIKSga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shildi. Bu haqda 1 yanvar kuni assosiasiyaga raislikni o‘z zimmasiga olgan Braziliya hukumati xabar berdi.

A’zo davlatlar 2023 yilda Yoxannesburgda bo‘lib o‘tgan sammitda Indoneziyaning a’zolikka qabul qilinishini ma’qullagandi. Indoneziyaning arizasi 2023 yilda tasdiqlangan, ammo mamlakat prezidentlik saylovlaridan keyin qo‘shilish jarayonini yakunlashini bildirgan. Prabovo Subyanto 2024 yil oktyabr oyida davlat rahbari lavozimini egalladi, deya eslatdi Reuters.

Indoneziya guruhning boshqa a’zolari bilan birgalikda global boshqaruv institutlari islohotlarini qo‘llab-quvvatlamoqda va global janub hamkorligini chuqurlashtirishga ijobiy hissa qo‘shmoqda, deyiladi Braziliya hukumati bayonotida.

Kiritildi: 13:00 07.01.2025. O'qildi: 679 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!