Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Imtixonsiz "prava" bermoqchi bo‘lgan avtomaktab xodimlari qo‘lga tushdi

A A A
Imtixonsiz "prava" bermoqchi bo‘lgan avtomaktab xodimlari qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bandixon, Denov, To‘rtko‘l, Vobkent tumanlari va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda Haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Bandixon va Denovdagi "A.A." MCHJ va “YA.M.” xususiy avtomaktabi o‘rgatuvchi ustalari 2 nafar fuqaroga haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga jami 800 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

To‘rtko‘lda fuqaro X.B. fuqaro N.X.ga go‘yoki Beruniy tumani YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan qo‘lga olingan.

Vobkent tumanida fuqaro S.R. fuqaro G.T.ni haydovchilik guvohnomasi olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida o‘tkazib qo‘yishi evaziga 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 23:20 14.03.2024. O'qildi: 1071 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!