Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Imron xon nikoh shartlarini buzgani uchun 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

A A A
Imron xon nikoh shartlarini buzgani uchun 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Pokistonning Ravalpindi shahri sudi sobiq bosh vazir Imron Xon va uning rafiqasi Bushro Bibini shar’iy nikoh shartlarini buzgani uchun 7 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Sobiq amaldor uchun bu bir hafta ichida chiqarilgan uchinchi hukm, olti oy ichida esa to‘rtinchi hukm, deb xabar berdi DW.

Qayd qilinishicha, Xon va Bibi Qur’onda belgilangan «idda» muddatini buzgan. Bu ajralishdan keyin nikoh qurmay turish uchun majburiy davr bo‘lib, bu muddat ichida ayol turmushga chiqa olmaydi.

Bibi 2017 yilning noyabrida ajrashgan va kamida uch oy kutishi kerak edi. Shunga qaramay, u 2018 yil yanvar oyida Xonga turmushga chiqqan. Xon bu me’yorni buzmaslik uchun mulladan to‘yni «idda» muddati tugaganidan keyin fevral oyida yana bir marta rasmiylashtirishni so‘ragan.

Xon avvalroq pul yuvishda ayblanib, 3 yilga, davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yilga va korrupsiya ishi bo‘yicha rafiqasi bilan birga 14 yilga qamalgan edi.

Er-xotin barcha ayblovlarni rad etmoqda va jinoiy ishlarni siyosiy buyurtma deb atamoqda.

Kiritildi: 22:34 05.02.2024. O'qildi: 5547 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!