 
        Parijdagi auksionda Napoleonning qilichi 4,7 mln yevroga sotildi.
Parijda Fransiya imperatori Napoleon I Bonapartning qilichi 4,7 million yevroga sotildi. Bu haqda Hotel Drouot kimoshdi maydonchasiga tayanib, Le Figaro xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurol dastlab 700 ming yevrodan 1 million yevrogacha baholangan va u «Napoleonning auksionda sotilgan eng qimmat artefaktlaridan» biriga aylangan.
— Summa 2007 yilda 4,8 million yevroga sotilgan Marengo jangidagi qilich rekordiga yaqinlashdi, — deyiladi xabarda.
Kimoshdi savdosi orqali sotilgan qilich Napoleonning shaxsiy quroli bo‘lgan. Bonapart 1802-1803 yillarda Versal manufakturasi direktori Nikolya-Noel Butedan qurol buyurtma qilgan. Imperator bo‘lganidan keyin ham Napoleon I qilichni hukmronligining oxiriga qadar saqlagan. Keyin esa uni marshal Emmanuel de Grushiga sovg‘a qilgan. Shundan buyon qurol harbiy sarkardaning avlodlari tomonidan saqlab kelingan.
Auksionda sotilgan mazkur qilichning ikkinchi nusxasi Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyida saqlanadi.
2021 yilda Bonapartning parad qilichi va 5 ta to‘pponchasi 2,87 million dollarga sotilgan edi. Napoleon ushbu qurollardan 1799 yildagi davlat to‘ntaruvi vaqtida foydalangan.
 18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                    
                    18+ Andijonda 10-sinf o‘quvchilari tungi klublarda "javlon" urishmoqda (foto)
                 "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                    
                    "Moskva yer yuzidan “supurib tashlanadi”
                 Xarkovda Ukraina qurolli kuchlarining bir guruh diversantlari yo‘q qilindi
                    
                    Xarkovda Ukraina qurolli kuchlarining bir guruh diversantlari yo‘q qilindi