Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Imomo‘g‘lu ishi bo‘yicha tergov doirasida 300 dan ortiq kishi hibsga olindi

Imomo‘g‘lu ishi bo‘yicha tergov doirasida 300 dan ortiq kishi hibsga olindi

Istanbul shahar meriyasi xodimlari, xususan mer Ekrem Imomo‘g‘luga nisbatan boshlangan tergov doirasida 323 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olindi.

Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya X ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

Vazir jamoat tartibiga putur yetkazuvchi har qanday tashabbus bostirilishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Istanbul meri Ekrem Imomog‘lu hibsga olingan edi. U RKK terrorchilik guruhiga aloqadorlik va tenderlarni o‘tkazish, firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish, korrupsiya va tahdidlar bilan tovlamachilikda ayblanmoqda.

Istanbul gubernatorligi 23 martga qadar shaharda miting va namoyishlar, shuningdek, har qanday yurishlar va matbuotda ommaviy bayonotlar o‘tkazishni taqiqladi.

Kiritildi: 14:17 23.03.2025. O'qildi: 478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!