Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Imom Muhammad Majid: O‘zbekiston – dinlar va madaniyatlar uyg‘unligi namunasi

Imom Muhammad Majid: O‘zbekiston – dinlar va madaniyatlar uyg‘unligi namunasi

Bugun Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "Deklarasiyalar muloqoti" forumida AQShning Dallas okruzi musulmon jamiyati markazi rahbari imom Muhammad Majid O‘zbekiston hukumatiga har doimgidek samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston boy tarixiy merosga ega, turli dinlarning o‘zaro hamjihatlikda yashashining yorqin namunasi bo‘lgan mamlakatdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yerda asrlar davomida masjidlar, cherkovlar va sinagogalar tinch-totuv joylashgan bo‘lib, bu bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatning o‘ziga xos muhitini aks ettiradi.

Ushbu fikrni davom ettirar ekan, imom haqli ravishda O‘zbekiston "Islom sivilizasiyasi durdonasi" deb e’tirof etilishini ta’kidladi. Ayni shu zaminda bunyodkorlik va ma’naviy taraqqiyot uchun shart-sharoit shakllangan, buyuk ilohiyotchilar va olimlar mehnat qilgan, fundamental ilmiy asarlar yaratilgan. Bu merosda Imom Al-Buxoriy, At-Termiziy va boshqa ulug‘ mutafakkirlarning xizmatlari alohida o‘rin tutadi.

So‘zining yakunida Muhammad Majid O‘zbekistonning bugungi kunda diniy turizm markazi sifatidagi o‘rniga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, bugungi kunda ko‘plab amerikalik musulmonlar mamlakatga muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish uchun kelishadi, shuningdek, o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan birgalikda xalqaro konferensiyalar va ilmiy uchrashuvlarda faol ishtirok etishadi.

Eslatib o‘tamiz, Forum SMTI tomonidan Amerikaning "Love Your Neighbor Community" (LYNC) nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida tashkil etildi.

Unda AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Indoneziya, Markaziy Osiyo davlatlari kabi 15 ta davlatdan 50 ga yaqin yetakchi dinshunos, ilohiyotshunos, ekspert va yuqori martabali shaxslar ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 19:01 10.09.2025. O'qildi: 571 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!