Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram'ga integrasiya qilindi

Ilon Maskning Grok neyrotarmog‘i Telegram'ga integrasiya qilindi

Ilon Maskka tegishli xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Grok neyron tarmog‘i endi Telegram'da ham mavjud. Bu haqda milliarderning o‘zi ma’lum qildi.

Sun’iy intellekt chatbotini faqat Premium foydalanuvchilar ishlata oladi. Neyrotarmoqni @GrokAI nomi bilan topish mumkin.

Grok 2023 yil noyabrida ishlab chiqilgan va Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘iga integrasiya qilingan. Dastlab, sun’iy intellekt faqat oyiga $16 turadigan pullik Premium+ obunasi bo‘lgan foydalanuvchilar uchun mavjud edi. 2024 yil aprel oyidan boshlab, Grok oyiga $8 narxli Premium obunasi foydalanuvchilari uchun ham ochildi.

Ilon Mask 2023 yil iyul oyida sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha xAI kompaniyasiga asos soldi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya X, Tesla va boshqa kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

Kiritildi: 19:06 26.03.2025. O'qildi: 633 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!