Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi 12 kishiga miya implantlari o‘rnatilgani haqida ma’lum qildi.
“Hozirda butun dunyo bo‘ylab Neuralink implantlari bilan yashayotgan 12 kishi bor. Ular birgalikda 2000 kun davomida qurilmalardan foydalangan va 15 000 soatdan ortiq foydalanishni to‘plagan. Biz barcha ishtirokchilarimiz bilan neyron interfeyslarning imkoniyatlarini o‘rganishda davom etishni intiqlik bilan kutamiz!”, — deyiladi kompaniya X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida.
Birinchi chip 2024 yil yanvar oyida inson miyasiga o‘rnatilgan edi. Oradan ikki oy o‘tib Mask kompaniyasi innovasion yutuqqa erishdi – miyasiga chip o‘rnatilgan birinchi bemor shaxmat o‘ynadi.